“Kronştadt” kompaniyasi va Rossiyaning bir qator boşqa korxonalari yonğinlarga  qarşi 250 kglik aviabombani yaratiş ustida işlaşmoqda. Bu bombani dronlardan yonğin öçoqlariga taşlaş taklif qilingan. Bu haqda MAKS aviasalonida kompaniya boş direktori Sergey Bogatikov ma'lum qildi. 

Bogatikovning ta'kidlaşiça, yonğin öçoğining kengaymasligini (lokallaştiriş) ta'minlaydigan bomba 500 kglik variantda işlab çiqilgan, hozirda u kompaniya dronlariga moslaştirilib, 250 kglik körinişga keltirilmoqda.

Mutaxassisning fikriça, yonğinlarga qarşi kuraşda asosiy vazifa yonğin öçoğini aniqlab, uning joyini ma'lum qiliş va u yerga kelib, joyni dronlarda suratga olib, yonğinni endi boşlanayotgan vaqtda lokallaştirişga urinib körişdan iborat. Yangi vosita özidan kukunli öt öçirgiçni aks ettirib, 500 kvadrat metrdan kattaroq joyda işlaydi.

“Kronştadt” uzoq masofalarga uçuvçi dronlar, ular uçun bort qurilmalari işlab çiqiş bilan şuğullanadi.