Sönggi kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda qizğin munozaralarga sabab bölayotgan davlat umumta’lim muassasalarida öquvçilar uçun yangi öquv yilida kiyişi lozim bölgan maktab formasi xususida Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bayonot bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda respublikadagi umumta’lim maktablarida öquvçilarning maktab formasi va uni kiyib yuriş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi “Vazirlar Mahkamasining davlat umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qaroriga binoan davlat umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formalarini majburiy qilib belgilaş 2024/2025-öquv yilidan deb belgilandi.
“Garçi, yagona maktab formasining majburiyligi keçiktirilgan bölsa-da, Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom 2018/2019-öquv yilidan boşlab amalda saqlanib qolmoqda”, - deyiladi bayonotda.
Yuqoridagilardan kelib çiqib vazirlik yangi öquv yilida davlat umumta’lim maktablarida maktab formasi sifatida quyidagi kiyim-keçaklarni tavsiya qilgan:
1) öğil va qiz bolalar uçun – tepasi oq (klassik köylak), pasti qora (klassik şim va yubka) bölgan kiyim;
2) maktab tomonidan avvalgi yillarda joriy etilgan va bugungi kunga qadar kiyişga yaroqlilikni saqlab qolgan forma;
3) Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan öquvçilar uçun zamonaviy yagona maktab formalari.
“Farzandingizni vazirlik tomonidan tavsiya etilgan variantlardan taşqari boşqa kiyim-keçaklarda hamda turli boş kiyimlarda (ta’lim muassasasida ötkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno) maktab hududida yurişi ta’lim muassasasining içki tartib hamda odob-axloq qoidalarining buzilişiga olib keladi. Mazkur holat ta’lim muassasalarida öquvçi yoşlar örtasida ijtimoiy tenglikni ta’minlaşga qaratilgan.








