Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida yagona maktab formasi böyiça post qoldirdi.
«Keça Prezidentimizning Beşta taşabbusini hayotga samarali tatbiq etiş masalasini xorijiy ekspertlar bilan muhokama qildik. Loyihaning strategik yönalişlari, çet el tajribasi va undan foydalaniş böyiça fikr almaşdik.

Yodingizda bölsa, Beşta taşabbusni, eng avvalo, maktablardan boşlaş ğoyasi ilgari surilgan edi.
Ötkazilgan örganişlar natijasida, ayrim joylarda şaroit oğir ekanligi, köplab maktablar ta'mirtalab, öquv darsliklarining yetişmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uç smenada ötilişini kördik.
Bu yildan boşlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilişi rejalaştirilgan. Lekin mavjud kamçiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinişiga hali erta deb öylaymiz.
Qisqasini aytganda - oldin şaroit, keyin talab.
Albatta, bu oson iş emas. Izdan çiqqan ta'lim tizimini tuzatiş juda katta mablağ, bir neça yil vaqt va ilmiy yondaşuvni talab qiladi. Bu yölda xatolar ham bölişi mumkin, çunki bu jarayon. Biroq hozir şu işlarni boşlamasak, ertaga masala yanada murakkablaşadi.
Xullas, bu yölda barçamiz hamjihat bölib harakat qilişimiz kerak. Mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegişli takliflar kiritildi», - deb yozadi S.Mirziyoyeva.
Bundan oldin, kam ta'minlangan oila farzandlari uçun xarid qilinadigan qişki kiyim-boş töplamlari örniga maktab formasi berilişi taklif etilgandi.












