“Toşşahartransxizmat” AJ va Belarusning “Belkommunmaş” kompaniyasi örtasidagi özaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgiziş rejalaştirilgan edi. 

Şunga muvofiq, bir dona ana şu turdagi transport vositasi Toşkent şahriga keltirildi, deb xabar qilmoqda “Toşşahartransxizmat”. 

Bunga qadar “Toşşahartransxizmat” tomonidan elektrobusni yönalişga çiqariş bilan boğliq taşkiliy işlar amalga oşirildi. Xususan, 2ta joyda elektrobusni quvvatlaş şoxobçalari örnatildi. 

Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yönalişlardan biriga biriktiriş rejalaştirilmoqda.

Maxsus komissiya uşbu elektrobus bilan boğliq barça holatlarni töliq örganib çiqadi. Xususan, Özbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlaniş imkoniyatlari, yölovçilar soğligiga uning ta'siri va boşqa jihatlar atrofliça tahlil qilinadi, deyiladi xabarda.