O‘zbekiston | 13:58 / 05.09.2019
26514
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysida shaharlararo muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysi aholisiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida o‘ziga xos bayram sovg‘asi tayyorlandi. Endi Farg‘ona vodiysida ham shaharlararo yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. 

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 6 sentabr kunidan e'tiboran “Farg‘ona-Andijon”, “Farg‘ona-Namangan”, “Farg‘ona-Oltiariq (Tinchlik shahri orqali)-Qo‘qon-Beshariq” yo‘nalishlarida “Uzautotrans service” korxonasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 

Mazkur yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida 14 ta Yutong avtobuslari ajratildi. Ayni damda avtobuslar Farg‘ona vodiysiga yetib keldi.

Xabarda qayd etilishicha, bugungi kunga qadar poytaxt Toshkent shahrini viloyat va tuman markazlari bilan bog‘lovchi 18 ta yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bular: Toshkent-Yangiyer, Toshkent-Gagarin, Toshkent-Zomin, Toshkent-Jizzax, Toshkent-Samarqand, Toshkent-Urgut, Toshkent-Jo‘sh, Toshkent-Navoiy, Toshkent-Qarshi, Toshkent-Chiroqchi, Toshkent-Yakkabog‘, Toshkent-Denov, Toshkent-Termiz, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qorako‘l, Toshkent-Urganch, Toshkent-Chimboy, Toshkent-Nukus.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid