Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti mamlakatda tinchlik o‘rnatishga nima eng katta to‘siq bo‘layotganini aytdi
“Tolibon” harakatining zo‘ravonliklari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga eng katta to‘siq bo‘lmoqda, deyiladi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ofisining bayonotida.
"Hukumat toliblarning afg‘onlarga nisbatan zo‘ravonlikni kuchaytirishi tinchlik muzokaralari yo‘lidagi eng katta to‘siq bo‘lmoqda deb hisoblaydi. Biz toliblar afg‘onlarni o‘ldirishni bas qilib, o‘t ochishni to‘xtatishganida va Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishishganidagina haqiqiy tinchlik o‘rnatilishini muntazam ta'kidlaganmiz", - deyiladi Afg‘oniston prezidenti ofisining Twitter sahifasidagi bayonotda.
Afg‘oniston hukumatining qayd etishicha, "ittifoqchilarning jiddiy sa'y-harakatlari yuqori baholanadi" va "mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatilishi yo‘lida Qo‘shma Shtatlar hamda boshqa hamkorlar bilan hamkorlik davom etadi".
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kobuldagi terakt sababli “Tolibon” harakati rahbarlari va Afg‘oniston prezidenti bilan bo‘lajak uchrashuvini bekor qilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026