6 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda bir qator qonun loyihalari körib çiqildi.  

Kun tartibidagi dastlabki masala — «Ta'lim töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni yangi tahrirdagi loyihasining birinçi öqişdagi muhokamasi qizğin keçdi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati – Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasining raisi, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori Akmal Saidov Toşkentdagi maktablarda pullik qabulni joriy qiliş töğrisidagi qaror borasida söz yuritarkan, xalq ta'limi vazirini tanqid qildi. 

«...vazir janoblari Konstitutsiyaning 41-moddasini öqişi kerak. Hatto Toşkentdagi 81ta maktabda 10 mln sömdan pul olib öqitamiz deb, Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilişdi. Odamlar navbatda turgandi. Bir marta gapirgandim, bekor qilişdi. Konstitutsiya degan narsa bor. Öylaşimça, birinçi rahbarlarning özi Konstitutsiyani yaxşilab öqib olişi kerak. Ta'limdagi pullik va bepul masalasi hamon oçiq turibdi. Bu judayam katta masala», dedi Akmal Saidov.

Saidov şuningdek, ta'lim sohasidagi korrupsiya masalasiga töxtalib ötdi. 

«Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqda eng köp muhokamalar oliy ta'limda kontrakt uçun tölanadigan pulning miqdori töğrisida ketyapti. Bizda eng katta muammo afsuski, ta'lim tizimimizda korrupsiyaviy ongni şakllantirdik. Boğçadan boşlab... Boğçadagi bolangizning tarbiyaçisiga tuğilgan kuni, yangi yil, 8 martda sovğa qilmasangiz, aytadi, anavi bunday sovğa qilibdi, deb. Keyin maktabda, oliy ta'limda boşlanadi», dedi u.

Şuningdek, parlament a'zolari «Noşirlik faoliyati töğrisida»gi, «Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va köşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihalarini ham birinçi öqişda atrofliça muhokama qilişdi.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qaroriga muvofiq Toşkentdagi 81ta maktabda 1-sinfga qabul uçun  tajriba sifatida yangi tizim joriy qilinmoqda. Unga köra boşqa mikrohududdagi maktablarning 1-sinfiga hujjat topşirganlar va maktab yoşiga yetmagan bolalar qöşimça kvota asosida qabul qilinişi, buning uçun eng kam iş haqining 10 barobaridan kam bölmagan miqdorda bir martalik yiğim undirilişi belgilangandi.