Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti” keng jamoatçilikni e'tirozlari va muhokamasiga sabab bölgan edi.

Şu bois, ma'muriy reglamentga qöşimça va özgartirişlar kiritilib, jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi. Muhokamalar joriy yilning 5 avgustida yakunlanganidan söng hujjat loyihasini yanada takomillaştiriş maqsadida mutaxassislar tomonidan ota-onalarning bildirilgan takliflari örganilmoqda. Ayni vaqtda asosli takliflar inobatga olinib, tasdiqlaş uçun tayyorlanmoqda, deyiladi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, 81 ta umumta'lim muassasasida hozirgi kunda öquvçilar soni siğimiga nisbatan 2-3 barobar ortib ketganligi, sanitar-gigiyenik me'yorlarga mos kelmasligi, öquvçilar 2-3 smenada ta'lim olişlari, sinflarda öquvçilar soni 45-50 nafarga yetib kelganligi bois, uşbu maktablarda öquvçilarni qabul qiliş böyiça reglament işlab çiqilgan. Mazkur maktablar Toşkent şahridagi barça maktab yoşiga yetgan öquvçilarni qamrab oliş imkoniyatiga ega emas. Uşbu maktablarda qöşimça kvota ularning qabul qiliş imkoniyatidan kelib çiqib belgilanadi, barça maktablarda ham qöşimça kvota belgilanmasligi mumkin. Çunki 81 ta umumta'lim muassasalarining aksariyatida maktab quvvati mikrohududidagi maktab yoşiga yetgan bolalarni qabul qilişga yetadi. Ularda qöşimça kvota uçun imkoniyati (maktab siğimi) mavjud bölmasligi mumkin.

Loyihada qöşimça kvota asosida pullik qabul bekor qilinmoqda. Bir neça bor ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar hamda vazirlikning rasmiy sayti orqali bu haqida keng jamoatçilik xabardor qilingan bölsa-da, şu kunlarda köplab ota-onalar Davlat xizmatlari markaziga qöşimça kvota asosida qabul qiliş masalasida murojaatlar qilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Xabarlarga köra, ayni kunlarda Davlat xizmatlari markazida 70 %dan ortiq ota-onalar pullik qabul böyiça navbatga turişayotganligi va markaz xodimlaridan pullik qabul qilişni talab qilişmoqda.

“Vazirlik ota-onalarni yana bir bor rasman qöşimça kvota pullik asosida amalga oşirilmasligi haqida ma'lum qiladi. Xalq ta'limi vazirligi aholidan Davlat xizmatlari markaziga qöşimça kvota pullik qabul uçun navbatga turmasliklarini, özlarining biriktirilgan mikrohududdagi maktablarga yoki davlat xizmatlari orqali qabul jarayonlari amalga oşirilmaydigan Toşkent şahridagi boşqa 228 ta maktablarning biriga joylaştirişni tavsiya etadi”, - deyiladi xabar matnida.