Özbekistonlik tadbirkor Ğofur Rahimov özining AQŞ sanksiyalar röyxatiga kiritilişini noqonuniy deb tan olinişini talab qilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Rahimov AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş ofisiga qarşi sudga da'vo bilan çiqqan.
Tadbirkor sobiq SSSRdan çiqqan şaxslarning ehtimoliy jinoiy taşkiloti - «Bratskiy krug» faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinganligi sababli 2012 yilda röyxatga kiritilgan.
Ammo, 2017 yilda Moliya vazirligi Rahimovni jinoyat olamida nufuzli şaxslarning jinoiy tarmoğini qöllab-quvvatlaşda aybladi. Şu bilan birga, AQŞ öz yurisdiksiyasida topişi mumkin bölgan uning barça mulki bloklab qöyildi.
«OFAC röyxatida deyarli sakkiz yil davomida böliş Rahimovga tuzatib bölmaydigan moliyaviy va boşqa zararni keltirib çiqardi, bu davom etmoqda», - deyiladi da'vo arizasida.
2018 yildan beri u sanksiyalar töğrisidagi qarorni asoslaydigan hujjatlarni OFAC’dan hujjatlarni olişga harakat qilmoqda, ammo muvaffaqiyatga erişmadi.
Da'voga köra, Rahimov sanksiyalar röyxatiga kiritilişi qayta körib çiqilişi kerakligi böyiça muhim ma'lumotlar va huquqiy dalillarni taqdim etgan, ammo hanuzgaça batafsil xabarnoma olmagan.
Rahimovning advokatlari ma'lum qilişiça, Moliya vazirligining bunday harakatlari da'vogarning huquqlari va AQŞ qonunlarini buzadi.








