Toshkentda xonadondan ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi. Yana ikki kishi qidiruvda

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
7 sentabr kuni kechki vaqtda Shayxontohur tumanidagi “Charx Novza” mahallasida uch nafar shaxsi aniqlanmagan kimsa to‘rt qavatli turar-joyning ikkinchi qavatidagi xonadondan ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan. Ushbu fakt asosida qo‘zg‘atilgan jinoiy ishning, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismining (“Bosqinchilik”) sanksiyasida 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan
Toshkent shahar IIBB, insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda, jinoyatga aloqador shaxslarga aybni bo‘yniga olib, ichki ishlar organlariga kelishlarini taklif qilgan. Biroq, jinoyatga aloqador shaxslar jabrlanuvchilarga o‘g‘irlangan buyumlarni qaytarib berish, qilgan ishlariga pushaymon bo‘lib, ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyorlari bilan kelish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdi.
IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov ishlari davomida jinoyatga aloqador kimsalarning shaxslari aniqlandi. Ular avtomobil raqamlarini o‘zgartirganliklari, niqob va qo‘lqoplar kiyganlariga qaramasdan qo‘lga olindilar. Barchalari – muqaddam sudlangan shaxslar, to‘rt nafari esa bir necha bor jinoyatga tortilganlar qatoridan.
Ular Yashnobod tumanida yashovchi 29 yoshli Anvar X., Shayxontohur tumanida yashovchi 54 yoshli Mirhomid A., Uchtepa tumanida yashovchi 44 yoshli Botir M., Olmazor tumanida yashovchi 39 yoshli Najmiddin Z. Ashyoviy dalillar sifatida qo‘lga olingan shaxslardan pullarning bir qismi, niqoblar va qo‘lqoplar olindi.
Qo‘lga olinganlarning so‘ziga qaraganda, Toshkent shahar IIBB internetda aybni bo‘yniga olib, idoraga kelish haqidagi xabarni e'lon qilganidan keyin, ular orasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Jinoyatning ikki nafar ishtirokchilari qochishga ulgurgan. Poytaxt IIBB xodimlari bu shaxslar qachon Qozog‘iston Respublikasi chegarasidan o‘tganliklari haqida ma'lumotga egalar. Toshkent shahar IIBB hamda yaqin va uzoq davlatlar xodimlari orasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan, shu sababli gumonlanuvchi - Shayxontohur tumani, Ibn-Sino-1 massivida yashovchi 48 yoshli Urunboyev Murod Abdurahmonovich, Yashnobod tumani, Musaffo ko‘chasida yashovchi 53 yoshli Mavlonov Baxtiyor Matyoqub o‘g‘lining qo‘lga olinishlari vaqt masalasidir, deyiladi xabarda.


Urunboyev M. va Mavlonov B.ning qidiruviga yordam beradigan ma'lumotlarni yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga, 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlariga xabar qilish so‘ralgan. Jinoyatga aloqador shaxslarni qo‘lga olishda faol qatnashgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
Mavzuga oid

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

14:51 / 11.04.2025