2019 yil 1 avgustdan boşlab davlat xizmatlari körsatişda davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan jismoniy şaxslardan jamğarib boriladigan pensiya daftarçalari, soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzi mavjud yoki mavjud emasligi töğrisida ma'lumotnomalar, soliq tölovçining hisobga qöyilganligi töğrisida guvohnomalar, tölangan daromadlar va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining uşlab qolingan summalari töğrisida ma'lumotnomalar talab qiliş taqiqlangan.
Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi xabariga köra, uşbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB "Xalq banki", Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasidan elektron özaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalaşuv platformasiga axborot oliş uçun ulaniş yöli bilan mustaqil ravişda sörab olişlari belgilandi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik şaxslar markaziy ma'lumotlar bazalarini şakllantiriş va "elektron hukumat" tizimi foydalanuvçilarini identifikatsiyalaşning yagona axborot tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 365-son qaroridan kelib çiqqan holda Pensiya jamğarmasining “Pensiya” dasturi "Elektron hukumat" tizimi bilan boğlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolarga pensiya (nafaqa) tayinlanişda STIR talab etiş bekor qilindi.








