Bugun Özbekiston Respublikasi Qonunçilik Palatasi va Senati Kengaşining qöşma majlisida «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror loyihasi muhokamasi ötkazilib, muhokama yakunida qaror bir ovozdan ma'qullandi.
Muhokamada bloger, huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev nikohni davlat röyxatidan ötkaziş, kelin-kuyovlarning töyxonaga kelişi va ketişi bilan boğliq tadbirlarda 3 tadan köp bölgan yengil avtomaşinalar iştirok etişiga yöl qöyilmaydi, degan mazmundagi yangilikka öz fikrlarini bildirdi.
«Qaror e'lon qilingandan söng jamoatçilik qanday fikr bildirişini öylab köriş zarur. Misol uçun, kortejlar masalasida ham öz-özidan savol tuğiladi. Nega 4 yoki 5 ta emas, aynan 3ta?» - deya savol bilan murojaat qildi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Blogerning ma'lum qilişiça, uning töyida ham aynan 3 ta yengil avtomaşina iştirok etgan.
«Bu bilan men heç narsa yutqazganim yöq. Yoki şaxsiy hayotimga ham heç qanaqa ta'sirini sezmadim. Şuning uçun çeklovni qöllab-quvvatlayman. Faqat uşbu bandga mantiqiy asoslangan izoh berilişi kerak.
Hisob-kitob qiladigan bölsak, bitta maşina kelin-kuyov uçun ajratilsa, yana biri fotograf va operator uçun ajratiladi. Kuyovning 2-3 nafar örtoği va kelin dugonalarining ham kelin-kuyov bilan birga yurişini inobatga olib, ularga ham alohida-alohida maşina ajratilsa, maqsadga muvofiq bölardi. Negaki, kelin dugonalariga begona kuyovning örtoqlari bilan bitta maşinada ötiriş noqulay bölişi mumkin», - deya fikrlarini izohladi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Uning qöşimça qilişiça, bitta maşina bilan juda katta narsa özgarmasligi mumkin. Lekin çeklovni mantiqiy asoslaşning imkoni böladi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva uşbu taklif, albatta, körib çiqilişini ma'lum qildi.







