BMTning rivojlaniş loyihasi hamkorligida Toşkent şahar hokimligi, “Toşşahartransxizmat” AJ hamda Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hamkorligida Global ekologik fond orqali poytaxt jamoat transporti tarkibiga elektrobuslarni olib keliş böyiça loyiha yuzasidan iş boşlangandi.
“Toşşahartransxizmat” xabariga köra, mazkur loyiha BMT tomonidan tasdiqlandi va loyiha oldi işlar uçun budjet hamda ekspertlar guruhi şakllantirildi. Aytilişiça, uşbu loyiha MDH davlatlari orasida faqat Özbekiston va Ukraina uçun tasdiqdan ötdi.

Joriy yilning 16 sentabr kuni “Toşşahartransxizmat”AJda BMTning ekspert konsultantlari Ronald Vong hamda Tomas Fink bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda loyihani amalga oşiriş böyiça dastlabki muzokaralar olib borilib, işçi guruhi tuzildi.
Özbekiston uçun elektrobuslar loyihasi uçun 4 million dollar budjet ajratilişi közda tutilgani aytib ötildi. Xalqaro taşkilot vakillaridan iborat işçi guruhi kelasi haftadan “Toşşahartransxizmat” AJda faoliyat olib boradi, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Toşkentga olib kelingan elektrobus qaysi yönalişda sinovdan ötkazilişi ma'lum bölgandi.












