Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi töyxona restoranlardan birida köplab odamlarning zaharlangani haqida xabar paydo böldi. Xabarni uylangan bolaning özi joylaştirgan. Bu miş-mişlarni tekşiriş maqsadida Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga bordik.

U yerda bemorlarga qarayotgan şifokorlardan biri bizga ma'lumot berişga rozi böldi. Şifokorning aytişiça, şanba kuni bölgani taxmin qilinayotgan töyda ovqatdan zaharlangan 10 dan ortiq odam murojaat qilgan va ular kelişda davom etişmoqda: «Öşa töyda zaharlangan odamlar hamon kelmoqda. Ularning ahvoli oğir emas», — deydi şifokor Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Facebook ijtimoiy tarmoğidagi maşhur samarqandliklar guruhida foydalanuvçilardan biri şunday post qoldirgan: «14 sentabr kuni havas qilib töy qildim. Kişi boşiga 180 ming sömdan töladim. Keyin nima böldi? 200 kişi ovqatdan zaharlandi. Ular orasida mehmonlar, döstlar, qöşnilar bor edi. Qançalik alam qilayotganini söz bilan izohlay olmayman».

Bu katta ehtimol bilan öşa köpçilik zaharlangan töy haqidagi post. Bu borada viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasidan ma'lumot olişga urindik, ammo keç bölib qolgani sabab boşqarma vakillari ertalab voqea yuzasidan töliq ma'lumot berişlarini bildirişdi.

Kun.uz mazkur voqea yuzasidan ertaga Samarqand viloyat DSNEM ma'lumotini ham olişga urinib köradi.