Mobil telefon sotib, olib ilk marotaba uni işga tuşirganingizda telefon ekranida yaşil rangli robotçani körgansiz-a?! Öşa robotça tasviri Android operatsion tizimining logotipi hisoblanadi. Demak, sizning mobil qurilmangiz Android tizimida işlaydi.
Android - smartfonlar, planşetlar, elektron kitoblar, raqamli futbolçilar, soatlar, fitness bilakuzuklari, öyin konsollari, noutbuklar, netbuklar, smartbooklar, Google Glass oynalari, televizorlar uçun operatsion tizimdir. 2015 yildan boşlab boşqa qurilmalar avtomobillar, köngiloçar tizimlar va uy robotlari uçun ham işlatiş boşlandi.
Android keng tarqalgan operatsion tizim hisoblanadi. Demak, Androidni biladigan dasturçilarga talab ham katta, sababi öz-özidan ayon, ular yaratişi va rivojlantirişi kerak bölgan qurilma va tizimlar kutib turibdi. Android dasturini örganiş hali ança vaqtgaça yaxşi iş bölib qoladi, çunki bu sohada juda köp mahsulot va kutilayotgan yangi loyihalar bor.
Şu nuqtai nazardan kelib çiqib aytiş mumkinki, Android dasturçilariga dasturlaş sohasida iş örinlari köpligi bilan ajralib turadi.
Mobil ilovalar bozorida köpgina innovatsion ğoyalar mavjud va mobil texnologiyalarni rivojlantiradigan yangi dasturlaş texnologiyalarini örganiş katta muvaffaqiyatga olib kelmoqda. Android - smart-uy dasturlari, ovozli faollaştirilgan qurilmalar, sun'iy intellektlar va elektron tijoratda mobil dunyoning bir qismi hisoblangan texnologiyalardan biridir. Bu texnologiyalarning asosiy maqsadi bizning hayotimizni osonlaştiriş.
Hozirda biz mobil qurilmalarimizni hayotimizning bir bölagi sifatida işlatamiz. Undan öyin-kulgi uçun, işimiz samaraliroq bölişi yoki onlayn xaridlarni amalga oşiriş uçun foydalanamiz. Şu sababli bugungi hayotimizda juda köp işlarni amalga oşirişda dastur işlab çiquvçilarga boğliq ekanligimizni aytiş mubolağa emas.
Ta'limga investitsiya kelajakka qilingan eng foydali sarmoya hisoblanadi. Sizni yaxşi iş bilan ta'minlaşga yönaltiradigan kasbni tanlaş esa bu yöldagi eng katta yutuqdir.
2018 yilda eng yaxşi iş - dasturçi (Software Developer) mutaxassisligi böldi. Uşbu mutaxassislarga talab katta va ularga rivojlangan davlatlarda, xususan AQŞda yillik 100.000$ dan ortiq iş haqi tölanadi.
Dasturçilardan taşqari kompyuter va axborot texnologiyalari bilan boğliq boşqa mutaxassislar ham 2018 yilda eng yaxşi daromad qilganlar röyxatiga kirgan.
Dasturçilar har doim öz bilimlarini oşirib borişi va yangi texnologiyalarni örganib izlanişi lozim bölgan mutaxassislardir. Kompaniyalar esa loyihalar yaratiş tajribasiga ega iqtidorli dasturçilarni qidiradilar.










