Epsilon kompaniyasi uglevodorodlarni qazib oliş hajmini oşiriş maqsadida faollik bilan yangi texnologiyalarni, şu jumladan «Qatlamni gidravlik yoriş» usulini (GRP) tadbiq etmoqda. 2019 yil 11-17 sentyabr oraliğida kompaniya 6ta quduqda mazkur usulni qöllaşi natijasida, ulardagi gaz qazib olişning umumiy kunlik hajmi 156 ming kubometrdan 1,6 mln. kubometrgaça ösdi.

Hammasi bölib, joriy yilning iyun-sentyabr oylarida kompaniya 19ta quduqda yuqoridagi usulni amalga oşirişi natijasida, kunlik uglevodorodlar qazib çiqariş hajmi 3,3 mln. kubometrga ösdi.

Barça quduqlar gaz quvurlariga ulangan bölib, qazib olinayotgan tabiiy gaz hamda suyuq uglevodorodlar içki bozorga Özbekiston aholisi ehtiyoji uçun, şuningdek, benzin va dizel yoqilğisi işlab çiqariş uçun yönaltirilgan.

Kompaniya yangi texnologiyalarni qöllagan holda, uglevodorodlar qazib oliş hajmini oşiriş borasidagi işlarni izçillik bilan davom ettirmoqda. Bu boradagi erişilayotgan natijalar xaqida biz öquvçilarni xabardor etib boramiz.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati