2019 yilning 19 sentabr kuni soat 17:35 da, Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Nazarquduq koni 10-sonli quduğining mahsuldor qatlamida kompaniya tomonidan «Qatlamni gidravlik yoriş» (GRP) usuli muvaffaqiyat bilan amalga oşirilişi natijasida mazkur quduqdan kunlik hajmi 400 ming kubometrni taşkil etgan tabiiy gaz debiti olindi.

Quduqdagi tabiiy gazning bundan avvalgi kunlik debiti 47 ming kubometr ekanligi e'tiborga olinganda, GRP usuli qöllanilgaç, debitning 9 barobar ösişiga imkon yaratildi. Quduq 20.09.2019 yilda gaz quvurlari tizimiga ulanib, çiqayotgan tabiiy gaz içki bozorga, Özbekiston aholisining unga bölgan ehtiyojini qondiriş uçun yönaltiriladi.

Avval xabar berilganidek, Epsilon kompaniyasi mahsuldorligi past hisoblangan quduqlardan uglevodorodlar qazib olişni köpaytiriş dasturini izçillik bilan hayotga tatbiq etmoqda.

Bu boradagi erişilayotgan natijalar töğrisida jamoatçilikni xabardor etişda davom etamiz.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati