Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan Vadim Abramov 2019 yil oxiriga qadar «Bunyodkor»ni ham boşqarişda davom etadi.

«Vadim Abramov şartnomaga köra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi boş murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya'ni, bir vaqtning özida ham milliy terma jamoa, ham «Bunyodkor» boş murabbiyi bölib işlaydi.

Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettiriş-ettirmasligi körib çiqiladi», – deb ma'lum qildi Toşkent klubi matbuot xizmati.

Hozirça ÖFA va Abramov örtasidagi kelişuv tafsilotlari noma'lum.

Ma'lumot uçun, Karlenoviç «qaldirğoçlar»ni şu yilning yanvarida qabul qilib olgan, u OKMK boşqaruviga ötgan Mirjalol Qosimovning örnini egallagandi. Jamoa Superliga yakunlanişiga 6ta tur qolgan bir vaqtda 3-örinda bormoqda. Ikkinçi poğonadagi «Lokomotiv» bilan oradagi farq 3 oçkoga teng.

Özbekiston Liga kubogidagi iştirokini yakunlagan «Bunyodkor» 26 sentabr kuni Özbekiston kubogining bitta öyindan iborat yarim finali doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni böladi.