Fransiyaning L'Equipe naşri argentinalik marhum hujumçi Emiliano Salaga tegişli audioyozuvni e'lon qildi.
Sala WhatsApp messenjerida qarindoşiga yöllagan audioda «Nant»dan «Kardiff»ga ötişni istamagani haqida gapirgan.
«Meyssa (Salaning agenti – tahr.) menga qönğiroq qilib, Frank Kita («Nant» xöjayinining öğli – tahr.) bilan gaplaşganini aytdi. Ular meni sotib yuborişmoqçi ekan. «Kardiff»dan taklif tuşibdi. Ular köp pul işlab oliş maqsadida muzokaralar ötkazişgan. Meni öşa klubga ötkazişmoqçi.
Töğri, şartnoma yomon emas, lekin futbol nuqtayi nazaridan menga qiziq emas. Ular meni qanday qilib bölsa ham şu klubga ötişga köndirişga urinişyapti.
Men u jamoaga ötişdan qörqayotganim yöq, çunki faoliyatim davomida kuraşib keldim; u yerga borib, raqobatga kirişişdan hayiqiş menda yöq. Aksinça, buning teskarisi.
Lekin Meyssa transfer oynasi yopilgunga qadar menga bundan yaxşiroq boşqa biror klub topişi kerakmikin, deb öylayapman. U «Kardiff»ga yöq deb javob bergan, çunki u bu klubga ötişimni xohlamayapti.
Men ham şartnoma, ham futbol tomondan yaxşiroq taklif bölişini istayapman, lekin har doim ham ikkalasi birga bölavermaydi.
Boşqa tomondan, Kita bilan gaplaşgim kelmayapti, çunki jahlim çiqişini xohlamayman. Biz yuzma-yuz körişib qolsak, uning nafrati qöziydi. Endi meni «Kardiff»ga sotib yubormoqçi, çunki muzokaralar bilan baland narxga kelişib olgan. U özi xohlagan pulni oladi, u yerga ketişimni istaydi, lekin men nimani xohlaşim haqida sörab ham körgani yöq. Unga faqat pul kerak.
Mana şunaqa gaplar – turgan-bitgan çalkaşlik. Nima qilişni bilmayapman. Heç kim men bilan, içki olamim va nimalarni boşdan keçirayotganim bilan qiziqmayapti. Özini mening örnimga qöyib köra oladigan odamlar köp emasligini his qilyapman va bu juda oğir», – degan Sala.
Öz navbatida, «Nant» prezidenti Valdemar Kita mazkur audioga quyidagiça munosabat bildirdi.
«Buni eşitib hayron qoldim. Men odamlarga qölimdan kelganiça muomalada bölaman. Tan olişim kerakki, boşqalar buni boşqaça tuşunişi mumkin.
Afsuski, mana şu ahmoqona voqea sodir böldi. Agar vafot etmaganida, aminmanki, hozir juda baxtli bölgan bölardi.
Bu sözlarni xuddi u aytmagandek tuyulyapti menga», – dedi «Nant» rahbari.








