Şvetsiyalik iqlim özgarişiga qarşi kuraş faoli, 16 yoşli Greta Tunberg Birlaşgan Millatlar Taşkiloti minbarida turib dunyo rahbarlarini iqlim özgarişiga qarşi kuraşişga qodir emaslikda va uning «bolaligini öğirlaşda» aybladi.
«Bunga qanday haddingiz siğdi?»
«Bularning bari notöğri. Men bu yerda bölmasligim kerak edi. Okeanning narigi tomonidagi maktabga qaytişim kerak. Bas, sizlar biz yoşlarga umid bilan murojaat qilyapsizlar. Bunga qanday haddingiz siğdi? Sizlar quruq sözlaringiz bilan orzularim va bolaligimni öğirladingiz. Yanayam men omadlilardan biriman. Odamlar azoblanyapti, odamlar ölyapti. Butun boşli ekotizimlar barbod bölyapti. Biz ommaviy qirilişning boşlanişida turibmiz. Sizlar esa faqat pullar haqida gapirasizlar va ösayotgan iqtisodiyot haqida ertaklar aytasizlar. Bunga qanday haddingiz siğyapti?», dedi u BMTning iqlim masalalariga bağişlangan sammitida.








