Prezident “Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet möljallari töğrisida”gi qarorining 19-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

Aksiz soliğining qat'iy belgilangan stavkasi natura ifodasidagi aksiz tölanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qöllaniladi, aksiz soliğining advalor stavkasi işlab çiqaruvçining aksiz soliği va qöşilgan qiymat soliği qöşilmagan holda realizatsiya qilingan tovarlar qiymatiga nisbatan qöllaniladi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz böyiça aksiz soliğini tölovçilar va uni tölaş tartibi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qömitasi bilan kelişilgan holda belgilanadi.

Işlab beriş uçun berilgan (daval) xomaşyodan olinadigan benzin va dizel yoqilğisiga aksiz soliği stavkalari miqdori çakana realizatsiya qilingan benzin, dizel yoqilğisi va gazning aksiz soliği hisobga olingan holda benzin va dizel yoqilğisining çakana narxlari doirasida şakllantiriladi. Vositaçilik şartnomalari böyiça import qilinadigan xomaşyodan daval asosida işlab çiqariladigan benzin va dizel yoqilğisining hajmi böyiça benzin, dizel yoqilğisi va gazni çakana realizatsiya qilişga aksiz soliğini tölovçilar, uni hisoblab çiqariş va tölaş tartibi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi tomonidan belgilanadi.

Benzin, dizel yoqilğisi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalari orqali realizatsiya qilişda aksiz soliği 1 litrdan kelib çiqib, boşqa hollarda esa 1 tonnadan kelib çiqib hisoblab çiqariladi.