Özbekiston Respublikasi Senati yiğilişida Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning masalasi körib çiqilmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva Facebook’dagi sahifasida Farğona viloyati hokimi, senator Şuhrat Ğaniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi 2 kundan buyon jamoatçilik tomonidan qizğin muhokama qilib kelinayotgani haqida yozib, bugun hokim xatti-harakatlari yuzasidan Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yiğilişi ötkazilişini ma'lum qilgandi.

Bundan avvalroq, Farğona viloyati hokimi soqol, römol va iş joylarida namozga qarşi çiqib, bunga böysunmaganlarni qamaş bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgan edi. Farğona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olişni buyurgan, viloyatdagi iş joylarida namoz öqişga şaroit yaratiladigan holatlar aniqlansa, öşa korxona rahbariga jinoyat işi oçilişini aytgani, şuningdek, oldida kim bölişidan qat'i nazar römol örab olgan ayolga közi tuşsa, uning römolini öşa tuman hokimi oğziga tiqib qöyiş bilan tahdid qilgan.

Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati Şuhrat Ğaniyevning tarqalgan audiosi böyiça rasmiy bayonot berib, hokimning sözlari notöğri talqin qilinganini bildirgandi.