Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari uçun tez orada halol mahsulotlar yagona standarti yaratiladi. Bunga “Halol” xalqaro standartlaş va sertifikatlaş markazi rahbari Aydar Gazizov va'da berdi. 

Gazizovning aytişiça, standart yaratilişi halol mahsulotlarning butun sobiq ittifoq hududida kuzatiş imkonini beradi.

Gazizovning eslatişiça, 2012 yilda Nur-Sultonda Yevrosiyo standartlaş va sertifikatlaş markazi “Halol” taşkil etilgan va unga yangi turtki beriş vaqti keldi. 

Markaz rahbarining ta'kidlaşiça, MDH davlatlarida “Halol” mahsulotlarini işlab çiqariş va eksport qilişga katta salohiyat mavjud. Unga oziq-ovqat mahsulotlarining 70-80 foizini import qiluvçi arab davlatlari qiziqiş bildirmoqda.

Gazizovning aytişiça, önlab yillar davomida arab davlatlariga parranda göşti, qizil göşt Braziliya, Indoneziya, Avstraliya tomonidan yetkazib berilgan. “Oxirgi vaqtda xaridorlarda bu mahsulotlar sifatiga e'tirozlar bor. Bundan taşqari, logistika uzoqdir. Bizning işlab çiqaruvçilar logistikani bir neça barobar qisqartirişi mumkin. Mahsulotlarimiz  narx, sifat, logistika böyiça qiziqdir”, deb qöşimça qilgan Gazizov.