Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Özbekistonda vakolatxona oçiş imkoniyatini körib çiqmoqda, mamlakatga sarmoyalar hajmini köpaytiradi, deya xabar beradi Sputnik.

«Özbekiston hali bizning bankimiz a'zosi emas, bu hukumat qarori böladi. Uşbu jarayon bizning vakolatlarimizga kirmaydi. Özbekistonda vakolatxonani oçiş rejalari bor, biz uşbu mamlakat hududida loyihalarni rivojlantirişga faol ravişda sarmoya kiritamiz. Biz, albatta, u yerda agrar sohada, sanoatda, qazib oliş sohalarida işlaşni istaymiz», - dedi YeOTB boşqaruvi raisi Andrey Belyaninov.

Belyaninov xalqaro hamkorlik masalalari mavzusini davom ettirib, Xitoy hozirça YeOTBga a'zo böliş istagini bildirmaganini qöşimça qilib ötdi. Uning sözlariga köra, Osiyodagi boşqa eng yirik davlat - Hindiston bilan hamkorlik boşlanişiga YeOIIdan investorlarning uşbu mamlakat işbilarmonlari bilan özaro tajribasi yetişmasligi tösqinlik qilmoqda.