La Liga 8-turidan örin olgan «Real» hamda «Granada» jamoalari örtasidagi öyin yakunlandi. Avvaliga 3:0 hisobida oldinga çiqib olgan madridliklar keyinçalik ikkita gol ötkazib yuborişdi. Öyin yakunida esa Xames Rodriges jamoasining 4-golini urdi.
Bu bahsda «Real»ning yangi yulduzi Eden Azar debyut golini urdi. Öyin davomida «Real» posboni Alfons Areolya qöpol xatoga yöl qöyib, jamoasi darvozasiga penalti tepilişiga sababçi böldi.
Bu ğalabadan söng «Real»ning oçkolari soni 18 taga yetdi va «Blankos» La Liga jadvalida yetakçilikni saqlab qoldi. «Granada» esa 2-örinda qoldi.

Real Madrid – Granada 4:2
Gollar: Benzema (2), Azar (45+1), Modriç (61), Xames (90+3) — Maçis (69, penalti), Duarte (77).
Real Madrid: Areolya, Ramos, Karvaxal, Varan, Odriosola, Valverde, Kazemiro, Beyl (Xames, 83), Kroos (Modriç, 34), Azar (Isko, 69), Benzema.
Granada: Ruy Silva, Duarte, Neva, Dias, Xerman Sançes, Aziz (Vadilo, 51), Montoro (Gonalon, 6), Puertas, Errera, Maçis, Soldado (Fernandes, 64).
Ogohlantirişlar: Kazemiro (43), Karvaxal (54), Xerman Sançes (54), Soldado (56), Areolya (68), Errera (72), Duarte (73), Puertas (81), Xames (90+3).













