Andijon viloyatida maktab öquvçilari ovqatdan zaharlanişi holati qayd etildi.
«8 oktabr kuni soat 20.30dan Andijon tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 4 nafar fuqaro köngil aynişi, qayd qiliş, boş oğrişi, umumiy holsizlaniş, iç ketişi, oşqozon sohasida oğriq, tana harorati kötarilişi kabi şikoyatlar bilan murojaat qilgan. Şu kuni soat 00.00ga qadar faol aniqlaş yöli bilan yana 23 nafar fuqaro «ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamçi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab öquvçilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab öquvçisining onasi – tuğilgan kun munosabati bilan tort pişiriği tayyorlab olib borgan, yana bir 1 nafari esa şu sinf öquvçisi uydagi kiçik yoşdagi singlisiga bergani natijasida zaharlaniş qayd etilgan.
Holat yuzasidan örganiş işlarini olib boriş uçun voqea joyiga viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi, viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi mutaxassislari jalb qilindi. Barça bemorlardan olingan ajratmalar viloyat SEOM laboratoriyasida tekşirilmoqda. Hozirda şifoxonada 12 nafar bemor davolanmoqda, 15 nafariga esa ahvoli yaxşilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.
Bemorlarning ahvoli, yakuniy taşxis hamda ötkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarşi tadbirlar töğrisida qöşimça axborot taqdim etiladi.
Uşbu vaziyat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan qat'iy nazoratga olingan. Tajribali şifokorlar tomonidan bemorlarga malakali tibbiy yordam körsatilmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Bundan avvalroq Samarqandda 24 kişi hot-dog va şaurmadan zaharlangani haqida xabar qilingandi.












