Mirişkorda daladan ruxsatsiz makkajöxori tergan otaxonni uşlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan tuman hokimi Ravşan Komilov bu xatti-harakati uçun uzr söradi.
«Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlab, ularning mehnatini inobatga olgan olgan holda Ispaniya davlatidan makkajöxori uruğini olib keldik. Bir gektardan ön tonnadan makkasi tayyor turibdi.
Lekin tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayğurmasam, kim qayğuradi? Hokim sifatida men buni ham öylaşim kerak, tadbirkorni ham öylaşim kerak.
Töğri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat sözini işlatib qöydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu sözni işlatmasligim kerak edi. Şuning uçun xalqimizdan qölimni köksimga qöyib uzrimni sörayman. Bu xato-kamçiligimni boşqa qaytarmayman, deb va'da beraman», – deydi hokim Ravşan Komilov «Daryo» muxbiri Otabek Qöldoşev bilan suhbatda.
Qayd etiş joiz, Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi hodisa yuzasidan tekşiruv boşlagan.







