50 ming dollar bilan ushlangan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari 7 yilga qamaldi
4 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida U.Ya. (Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va X.B. (Muborak tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi.
U.Ya. Jinoyat kodeksi 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdori 400 baravari miqdorida jarima jazosi va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
X.B. Jinoyat kodeksi 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan aybsiz deb topilib, oqlangan. X.B. Jinoyat kodeksi 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdori 300 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdori 213 baravari miqdorida jarima jazosi qoldirilgan).
Ayni paytda birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan mazkur hukm qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, undan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchilar va jabrlanuvchi esa hukm nusxasini olgan kundan boshlab 20 sutka ichida shu sud orqali Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat keltirishga yoki prokuror protest bildirishga haqliligi ma’lum qilingan.
Avvalroq, 2022 yil fevralida Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

07:30 / 20.11.2024
Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

09:28 / 24.04.2024
Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda ilmiy daraja oldi

18:39 / 10.04.2024
Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

13:03 / 12.09.2023