Seçanköl tabiiy suv havzasi Foto: qashqadaryogz.uz

Profilaktika inspektori 31 iyul kuni Mirişkor tumani hududidagi Seçanköl tabiiy suv havzasida çömilayotib yöqolib qolgan. Kun.uz manbasining xabar berişiça, tumanning Pomuq çöl zonasida 4 nafar profilaktika inspektorlari ketayotgan maşina buzilib qolgan. Hamma uni tuzatiş bilan andarmon bölib turgan vaqtda “uçastkavoy”lardan biri kölda çömilişga qaror qiladi.

Seçanköl tabiiy suv havzasi Foto: qashqadaryogz.uz

Biroq u hadeganda qaytavermagaç, şeriklari 33 yaşar xodimni qidirişga tuşişadi. U 4 kundan beri qidirilmoqda, biroq haligaça na özi va na murdasi topildi. Tumandagi “Barhayot” MFY profilaktika inspektori bölib faoliyat yuritgan yigit çökib ketgan bölişi mumkin

Seçanköl tabiiy suv havzasi Foto: qashqadaryogz.uz

Kun.uz’ning içki işlar organlaridagi manbasi holat yuzasidan prokuratura organi tomonidan tekşiruv ötkazilayotganini bildirdi.

30 iyul kuni Kattaqörğon suv omborida qayiq ağdarilib ketişi oqibatida 21, 25, 22 va 21 yoşdagi çiroqçilik 4 yigit çökib ketgani, ular bilan bir qayiqda bölgan 3 nafar yigit esa qirğoqqa suzib çiqa olgani haqida xabar berilgandi.