Bugun, 10 oktabr kuni Oliy Majlis Senati binosida YeXHT huzuridagi doimiy vakolatxonalar rahbarlari delegatsiyasi va Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uçraşuv ötkazildi.
22 mamlakatdan taşrif buyurgan vakillar parlament faoliyati bilan tanişişdi. Ularga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bölayotgan islohotlar borasida ham ma'lumot berildi. Şuningdek, delegatsiya a'zolari gender tengligi masalalariga qay darajada e'tibor berilayotgani borasida savollar bilan yuzlanişdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva Özbekistonda ayollarning siyosiy faolligini oşirişda amalga oşirilayotgan harakatlar borasida atrofliça töxtaldi.
«Xotin-qizlar qömitasi tomonidan butun respublika böylab faol ayollar röyxati tuzilgan bölib, unga 6 mingga yaqin ayollar kiritilgan. Biz ularning nomzodini parlamentga tavsiya qilyapmiz. Şu orqali ayollarning qonunlar qabul qilinişida iştirokini ta'minlaş imkoniyati böladi. Bu yönalişda yana bir yutuğimiz – xotin-qizlarning jamiyatda rolini oşirişga qaratilayotgan işlar ularga nisbatan avvalgi, eskirgan stereotiplarni özgarişiga yordam berayotganligidir. Özbekistonda parlamentning 28 foizini ayollar taşkil etadi va buni 40 foiz va undan yuqoriga kötariş niyatidamiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

YeXHT vakillari Özbekistonda gender tengligini ta'minlaş, ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oşiriş borasida Senat bilan yaqindan hamkorlik qiliş böyiça taklif bildirişdi.








