Ta'limni rivojlantiriş haqida köp gapirilyapti. Ayniqsa ikki söz – islohot va innovatsiya sözlari köp işlatilyapti. Bu sözlarni men şaxsan qanday tuşunaman, şuni aytib bersam.

– Ta'lim tizimimizni XXI asr talablariga moslaştirişimiz, uni egiluvçan, zamon bilan hamnafas qilişimiz, keraksiz yuklama va tösiqlardan xalos qilişimiz kerak. Ötgan yillarda yöqotilganlarni, qilinmagan işlarning örnini töldiriş kerak. «Islohot» sözini, menimça, şunday tuşuniş kerak.   

– Endi «innovatsiya» sözi haqida. «Innovatsiya» ingliz tilida amalda mavjud bölgan narsa yoki tizimda yangiça usullar, ğoyalar yoki mahsulotlar orqali özgarişlarni amalga oşirişni bildiradi. Masalan, ta'lim sohasida yangiça yondaşuv sinflarni kiçraytiriş va fikrni sayqallovçi munozaralarga örin beriş, ijodiy işlarga urğu beriş, fikrlar (talabaning öz fikriga ega bölişiga çorlaş) va mahsulotlar (kompyuterlar va onlayn dasturlar) bilan ta'minlaşni bildiradi.

Ammo bular oliy ta'limdagi darajamizni yaxşilaş uçun ikkilamçi omil bölib, birlamçi omil – kitob öqişni yölga qöyiş. Ha, işoning, birlamçi omil kompyuterni yaxşi biliş, kiyiniş yoki eng zamonaviy binolarda ta'lim oliş emas, balki aynan köp kitob öqiş. Modomiki, talaba sohasi böyiça yetarliça kitob öqimasa innovatsion ta'lim metodlari va zamonaviy texnologiya asboblari ta'lim darajamiz yaxşilanişiga omil bölolmaydi, talabalarimiz kuçsiz bölib qolaveradi. Kitob öqiş hamon ilmiy jarayonlar zamiridagi eng muhim asos bölib qolmoqda.

Bizda esa, garçi sönggi 2-3 yil içida kitob öqişga rağbatlantiriş kuzatilayotgan bölsa ham, kitob öqiş örniga «islohot» va «innovatsiya» sözlarini köp işlatiş «asos» bölib qolmoqda. Biz bu sözlarni suiiste'mol qilyapmiz.

Nima qiliş kerak? Kitob tarjimasi safarbarligini boşlaş kerak. Nega endi aynan tarjima? «Özimizning olimlarimiz yiliga yuzlab, minglab kitoblar çiqarib yotibdi-ku?», degan savol berilişi mumkin. Sababi, bizda, ming afsuski, ham ijtimoiy va ham aniq fanlar sohasida XXI asr saviyasidagi kitoblar yozilmayapti. Buni, aççiq bölsada, tan olişimiz lozim. Iqtisodçi, biolog, kimyogar, doktor, huquqşunos, geolog va tilşunos döstlarimdan sörab kördim: «sohalaringizda dunyodagi eng sönggi nazariya, yangilik va özgarişlar aks etgan kitoblar Özbekistonda yozilyaptimi» deb. Deyarli hammasidan «yöq» degan bir xil javobni oldim.

Biz keng miqyosdagi tarjima kampaniyasini boşlaşimiz kerak. Örta asrlarda, Islom uyğonişi davrida kitoblar qanday miqyosda tarjima qilingan bölsa, biz ham şu miqyosda sohalar böyiça kitob tarjimasini yölga qöyişimiz kerak. Çunki hozirda bizda bor adabiyotlar davr talabiga javob bermaydi!