Loyihaga köra, 100 ballik baholaş tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uçun 30 ball, oraliq nazorat uçun 20 ball va yakuniy nazorat uçun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yönalişlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi.
Şuningdek, professor-öqituvçilar har bir baholangan topşiriq böyiça talabaga kamida ikki-uç gapdan iborat izoh (fidbek) yozişi şart etib belgilanmoqda.
Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda ötkazilişi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, imtihonlarni oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatiş imkoniyati ham yaratiladi.
Qaror loyihasida uç oy içida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topşiriş platformalarini işlab çiqiş, şuningdek, har semestr yakunida talabalar örtasida sörovnomalar ötkaziş ham nazarda tutilgan. Köriş imkoniyati çeklangan talabalar uçun esa Brayl alifbosi, ovozli öqiş va assistent yordami kabi moslaştirilgan imtihon şakllarini joriy etiş rejalaştirilmoqda.













