Kalaşnikning ICAO boş kotibiga yöllagan va «Zerkalo nedeli» naşri tanişib çiqqan maktubida aytilişiça, Ukraina öz havo hududini 2022-yil fevralidayoq yopgan, Rossiya esa xavflarga beparvo bölib, bu bir qator aviahalokatlarga olib kelgan.

Kalaşnikning sözlariga köra, Ukraina BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq özini himoya qiliş böyiça ajralmas huquqini amalga oşirgan holda, «Rossiyaning terrorçi havo hujumlariga munosib javob qaytarişga majbur».

«Biz Rossiya tomonidan avj oldirilayotgan keskinlik fonida fuqarolik samolyotlarining Rossiya havo hududida bölişi öta yuqori xavf tuğdirişi mumkin, degan tuşunçadan kelib çiqmoqdamiz. Şu bois, yuqorida tilga olingan xavf haqida xolis ogohlantirişni özimizning huquqiy va gumanitar burçimiz deb bilamiz».

Kalaşnik Rossiyada faoliyat yurituvçi «aviatsiya maʼmuriyatlari, aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari va aviakompaniyalarni» fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligini taʼminlaş çoralarini körişga undadi. Gap, jumladan, ICAO aʼzolari uçun Rossiya uzra parvozlarni butunlay taqiqlaş haqida bormoqda.

Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga mamlakat Rossiya osmoni xavfsiz emasligi töğrisida xalqaro taşkilotni rasman xabardor qilganini va parvozlardan tiyilişga çaqirganini tasdiqladi.

«ICAO, barça aviakompaniyalar va hukumatlarni ehtiyotkor bölişga undaş uçun ularni xabardor qiliş – bizning masʼuliyatli qarorimizdir, hattoki Rossiya ularni ogohlantiriş böyiça öz majburiyatini bajarişdan boş tortayotgan bölsa ham. Biz kutilmagan hodisalarning oldini olmoqçimiz», - deb yozdi Sibiga.

Bir kun avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy özining keçki murojaatida Rossiya osmoni «xavfsiz bölmay qolayotgani» haqida ogohlantirgan, çunki «Rossiya osmonida dronlar şunday paydo böladiki, bu bilan hisoblaşişga töğri keladi». «Hamkorlarimizni ogohlantiramiz: Rossiya osmonida xavfsiz daqiqalar tugadi», - dedi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunga javoban Zelenskiyning sözlarini «davlat terrorizmini amalga oşirişga daʼvat» deb atadi. Rossiya Transport vazirligi rahbari mamlakat aviatsiya xizmatlari fuqarolik aviatsiyasi faoliyatida «sezilarli uzilişlarga» yöl qöymasligini maʼlum qildi.