Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vikipediya»da O‘zbekiston to‘g‘risida xorijiy tillardagi ma'lumotlar hajmi oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining «Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga ko‘ra, milliy veb-resurslar sonining o‘sishiga erishish, «Vikipediya» internet ensiklopediyasida yurtimiz to‘g‘risida xorijiy tillardagi ma'lumotlar hajmini oshirish, mobil messenjerlarda milliy axborot-kutubxona kanallarini rivojlantirish, o‘zbek adabiyoti va san'ati mumtoz namoyondalarining asarlaridan iborat veb-portal tashkil qilish kabi bir qancha yangi loyihalar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, arxivlarda jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish, mamlakat tarixiy-madaniy merosi obektlarining 3D-formatdagi kolleksiyalarini yaratish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar veb-saytlari mazmunini boyitish, o‘z faoliyati haqida aholini muntazam xabardor qilib borish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek ta'lim darajasi, fuqarolarning intellektual salohiyati, dunyoqarashini oshirish, ularni madaniyat, fan, tarix va san'at haqida ko‘proq xabardor qilish bo‘yicha yangi veb-resurslar yaratish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026