Downdetector ma’lumotlariga köra, Rossiyaning turli hududlaridagi foydalanuvçilar internet va onlayn-servislar işidagi muammolar haqida xabar bergan. Eng köp şikoyatlar Moskva va Sankt-Peterburgdan kelib tuşgan.

Uzilişlar «Rostelekom», «Megafon» va «Bilayn» kabi aloqa operatorlari, şuningdek, Telegram, Steam, Discord va boşqa qator platformalarga ta’sir qilgan. Ayrim bank va onlayn-servislar işida ham muammolar qayd etilgan.

Rossiyaning Reg.ru domen registratori TASSga internet işidagi keng kölamli nosozlik yirik aloqa uzelida elektr ta’minoti uzilişi bilan boğliq ekanini ma’lum qilgan.

RBK manbalariga köra, muammo Moskvaning Gagarin tumanidagi avariya bilan boğliq. Bu yerda Moskva şaharlararo telefon stansiyasi №9 - MMTS-9 joylaşgan. U Rossiya internet infratuzilmasidagi yirik telekommunikatsiya uzellaridan biri hisoblanadi.

Avariya natijasida MMTS-9dagi ayrim uskunalar elektr ta’minotisiz qolgani xabar qilindi. Bu esa bir vaqtning özida turli provayder va onlayn-servislar işiga ta’sir körsatgan.

Moskvaning bir qismi elektrsiz qoldi

Internetdagi uzilişlar bilan bir vaqtda Moskvada ham elektr ta’minotida jiddiy muammolar kuzatildi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, Gagarin va Danilov tumanlari, şuningdek, Xamovniki va Zamoskvoreçe hududlarining ayrim qismlarida elektr energiyasi öçgan.

Elektr uzilişi jamoat transporti işiga ham ta’sir qilgan. Ayrim hududlarda tramvaylar va svetoforlar işdan töxtagani, metro infratuzilmasida ham vaqtinçalik muammolar kuzatilgani xabar qilindi.

«Gagarinskiy» savdo markazidan odamlar evakuatsiya qilingani haqida ham ma’lumotlar tarqaldi.

Elektr podstansiyasida yonğin çiqqan

Dastlabki xabarlarga köra, elektr ta’minotidagi uziliş Vavilov köçasidagi energetika ob’yektida yuz bergan yonğin bilan boğliq bölişi mumkin.

Mahalliy manbalar ob’yektda portlaşga öxşaş ovoz eşitilgani haqida xabar bergan. Biroq hozirça hodisaning aniq sababi rasman töliq oçiqlangani yöq. Şu bois uning kelib çiqişi haqidagi taxminlarni tasdiqlangan fakt sifatida keltiriş töğri emas.