Rossiya çempionati 14-turidan örin olgan «Rostov» hamda «Soçi» jamoalari örtasidagi öyin boşlanişiga 1 soatdan köproq vaqt qoldi. Rossiyada çiptalar asosan onlayn sotilgani sabab çiptaxonalar oldida navbat yöq. Muxlislar asta-sekin stadionga yetib kelişmoqda.

Öyin oldidan muxlislardan Eldor Şomurodov haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Ularning barçasi Eldorning ismini eşitişlari bilan kayfiyatlari kötarilib, u haqda iliq sözlar gapirişdi. Bir guruh maktab öquvçilari bilan suhbatlaşar ekanmiz, ular maktabda ham bolalar Eldor haqida gaplaşişlarini aytişdi.

Yoşi katta muxlislar Eldor Yevropaga ketmasligini va «Rostov»da qolişini xohlaşlarini, köpçilik yoş muxlislar esa Şomurodov «Kuçli beşlik»da öynaşini xohlaşlarini, u bilan faxrlanişlarini aytişdi. Quyida «Rostov» — «Soçi» öyini oldidan tayyorlangan galereyani e'tiboringizga havola qilamiz.