Farğona viloyati Qöştepa tumani «Xumdon» mahallasidan bir guruh fuqarolar tahririyatga murojaat yöllaşdi. Murojaatçilar yaşaydigan hududda «Toza hudud» davlat unitar korxonasiga qaraşli çiqindixona mavjud bölib, u yerdan tarqalayotgan zaharli tutun aholi soğligiga jiddiy xavf tuğdirmoqda. Bu böyiça bir neça taşkilotga murojaat qilinganiga qaramay muammo ijobiy hal etilmagan.
Çiqindixona mahalladagi «Farğona–Qöqon» katta avtomobil yöliga tutaş bölgan hududda joylaşgan. Holatni öz közimiz bilan kördik. U yerdan taralayotgan qölansa hidga inson zoti çidaşi qiyin. Şamol bölib qolsa u yerdagi çiqindilar atrofga uçadi, daraxtlarga ilaşib yotgan yelim xaltalar kişi ta'bini xira qilmasdan qolmaydi.
«Murojaat qilmagan taşkilotimiz qolmadi. Lekin natija yöq. Yozda jazirama ob-havo sabab çiqindi uyumlaridan gaz çiqqani bois olov çiqib bir neça kun davomida tutab turdi. Orada mas'ullar kelib öçirdi ham. Lekin juda köp vaqt tutab turadi. Çiqayotgan zaharli gaz va tarqalayotgan badböy tutun bolalar soğligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Nafas oliş yöllarimiz zararlanib, allergik kasalliklar boşlanmoqda.



Keçki payt soat 19:00 atrofida tutun hidi şu atrofni egallaydi. Katta yölda ötayotgan maşinalar ham şu yerga kelganda oynalarini yopib ötadi. Biz esa yaşab kelmoqdamiz. Aybimiz şu yerda yaşaganimizmi? Nega şunça murojaatlarga qaramay hamma sukut saqlamoqda? Davlat minglab odamlar taqdiriga befarqmi?», dedi mahalla faollaridan biri.

Ahvol juda açinarli. Muammo yeçimini kutmoqda.
Şu yilning may oyida «Mahalla» gazetasi muxbirlari ham vaziyatni örganib ketişgan ekan. Öşanda















