Suğurta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvçi vositalardan biridir. Mamlakatimiz rahbarining taşabbusi bilan jamiyat hayotining barça sohalarida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Şu jumladan iqtisodiy sohadagi ijobiy özgarişlar natijasida suğurta yönalişining rivojlanişi uçun ham qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 2 avgustda qabul qilingan PQ-4412-sonli «Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini isloh qiliş va uning jadal rivojlanişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli «Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuçaytiriş, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar va işlab çiqariş infratuzilmasidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş töğrisida»gi Farmoni fikrimizning dalilidir.
Mazkur hujjatlar ijrosini ta'minlaş maqsadida «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ tomonidan uçraşuvlar taşkil etilmoqda, jumladan Qoraqalpoğistonda 2 ta, Surxondaryoda 2 ta, Qaşqadaryoda 2 ta, Jizzaxda 3 ta, Sirdaryoda 2 ta, Samarqandda 2 ta, Navoiyda 2 ta, Buxoroda 2 ta, Xorazmda 2 ta tumanda uçraşuvlar bölib ötdi.
Kompaniya tomonidan tijorat banklari bilan ham hamkorlik qilinmoqda. Xususan, tijorat banklari, «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi, kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi işini muvofiqlaştiruvçi avtomatlaştirilgan tizim işlab çiqildi. Bu tadbirkor uçun bir joyning özidan barça xizmatlarni onlayn oliş imkonini beradi. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatining Denov va Sirdaryo viloyatining Xovos tumanlarida avtomatlaştirilgan tizim sinovdan ötkazildi.
«KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ Özbekiston suğurta bozorini yetakçi suğurta bozorlarida tanitiş hamda halqaro suğurta olamida öz örniga ega böliş maqsadida qator işlarni amalga oşirdi.
Kompaniya Londonda joylaşgan «International Underwriting Association of London» (IUA) Halqaro assotsiatsiyasining Özbekiston suğurta bozori iştirokçilaridan yagona a'zosidir.
Bugungi kunda «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ «Abu Dhabi National Insurance Company», «Oman Insurance Company», «Insurance House» (BAA), «Polish RE» (Polşa), Lloyd`s Syndicate Canopius (CNP 4444), «Direct Insurance London Market Plc» (Buyuk Britaniya), «Skor Perestraxovaniye», SAO «VSK» (Rossiya), «Neftyanaya straxovaya kompaniya» AJ (Kozoğiston), «Barens Reinsurance SA» (Lyuksemburg), «Ace Insurance Pvt. Ltd.» (Xindiston) va boşqa şu kabi dunyoning nufuzli suğurta taşkilotlari bilan qayta suğurta yönalişida xamkorlik aloqalarini örnatgan.












