Joriy yilning 1 noyabridan boşlab Özbekiston hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan va işlab çiqariladigan mobil qurilmalarni röyxatga oliş jarayoniga start beriladi.

Sönggi paytlarda mazkur tartib ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida qizğin muhokama qilinmoqda. Kun.uz muxbiri mobil qurilma foydalanuvçilarida tuğilayotgan turli savollarga javob oliş maqsadida Özbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi matbuot kotibi Zilolaxon Inoyatova bilan suhbatlaşdi.

 — Uşbu tizimni yölga qöyişdan maqsad nima?

— Avvalo, respublikamiz hududiga noqonuniy yöl orqali mobil qurilmalar olib kirilişiga çek qöyiş hamda sifatli mobil qurilmalar sotilişiga imkoniyat yaratiş. Şuningdek, içki bozorda soğlom raqobatni rivojlantiriş.

— Röyxatdan ötkaziş jarayoni neça bosqiçda amalga oşiriladi?

— Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qaroriga asosan, UZIMEI tizimining joriy qiliniş bosqiçlari tasdiqlangan. Birinçi bosqiç şu yilning 1 aprelidan 1 noyabrga qadar davom etadi. Bunda biz IMEI kodlarini avtomatik tarzda bepul, foydalanuvçilarning iştirokisiz, faqatgina aloqa operatorlari tomonidan röyxatdan ötkazyapmiz.

1 noyabrdan esa murojaatlar orqali IMEI kodlarni röyxatdan ötkazişni boşlaymiz. Bu jarayonda fuqarolar, import qiluvçilar va mahalliy işlab çiqaruvçilar yangi qurilmalarni murojaat yöli bilan röyxatdan ötkazişlari lozim böladi. Ular SMS, USSD sörovlari, UZIMEI tizimi operatori hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) va hududiy poçta aloqa bölimlari orqali röyxatdan ötkazişadi.

Yana bir narsani aytib ötiş kerakki, 1 noyabrdan IMEI kodi aniqlanmagan yoki Özbekiston hududiga noqonuniy yöl bilan olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI kodi UZIMEI tizimidan röyxatdan ötkazilmaydi.

Barça fuqarolarga maslahatimiz - mobil qurilmalarni 1 noyabrdan keyin xarid qilişsa, öşa paytning özidayoq qurilmaning IMEI kodi holatini tekşirib körişsin. Buni SMS va USSD sörovlari yoki bizning uzimei.uz saytimiz orqali bilib olişlari mumkin.