Jizzax viloyatida ham hududiy partiya kengaşi taşabbusi bilan “Biz korrupsiyaga qarşimiz!” şiori ostida aksiya taşkil etildi. Mazkur aksiyada partiya deputatlari, faollar, keng jamoatçilik vakillari, tibbiyot xodimlari, öqituvçilar, talabalar, mahalla faollari hamda OAV xodimlari iştirok etişdi.

Aksiyaning birinçi qismi miting bilan boşlandi. Jizzax şaxrining “Şarof Raşidov” şoh köçasida 8 mingga yaqin yoşlar, xotin-qizlar, fuqarolar korrupsiyaga qarşi partiyamiz ğoyalarini qöllab-quvvatlaşdi. Miting jarayonida partiyamiz bugungi kunda olğa surayotgan qator ğoyalar köp bor yangradi.

Tadbir şahardagi Forum majmuasi va uning atrofida davom etdi.

— Korrupsiya mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan tahdid bölib, u jamiyatning ma'naviy-axloqiy asoslarini yemirişi, islohotlar ğoyasini obrösizlantirib, fuqarolarning jamiyat va davlat işlarini boşqarişdagi iştirokiga salbiy ta'sir körsatadi, — dedi viloyat partiya kengaşi raisi Orif Şukurov. — Davlat organlari, taşkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korrupsiyaning oldini olişda amaliyotga yönaltirilgan çora-tadbirlar samaradorligini oşiriş, jamiyat hayotining barça sohalarida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş zarur.

Darhaqiqat, hozirgi kunda korrupsiya nafaqat kundalik ijtimoiy munosabatlarni izdan çiqaruvçi, balki davlatlarning içidan yemirilişiga olib keluvçi xavfli illatdir. Korrupsiya davlatning rivojlanişiga hamda milliy xavfsizlikka tahdid soladi.

Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati, Jizzax davlat pedagogika instituti rektori A.Xolbekov bunday tadbirlar jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida korrupsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularga çek qöyiş, ularning oqibatlarini, bu illatga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etişda amaliy ahmiyatga ega ekanini qayd etdi.

Yurtdoşlarimizda korrupsiyaga, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabat şakllanişi şart. Çunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilişiga, köpayişiga köp hollarda özimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bölib kelmoqda. Barçaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuçayişi har qanday illatning batamom barham topişiga xizmat qiladi.