Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş tizimi takomillaştiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini beriş tartibi töğrisidagi nizom;
Tazyiq va zöravonlik sodir etgan yoki sodir etişga moyil bölgan şaxslarning zöravonlik xulq-atvorini özgartiriş böyiça tuzatiş dasturidan ötiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda tazyiq va zöravonlik natijasida jabrlanganlar, şuningdek tazyiq va zöravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etişga moyil bölgan şaxslar töğrisidagi yagona elektron ma'lumotlar bazasini şakllantiradi va uning doimiy ravişda yangilanib borilişini hamda vakolatli davlat organlariga integratsiya qilinişini ta'minlaydi.
Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, himoya orderi muvofiq seriya va raqamga ega bölgan, qat'iy hisobi yuritiladigan, faqatgina tazyiq va zöravonlik sodir etgan yoki sodir etişga moyil bölgan şaxslarga nisbatan belgilangan çeklovlarni qayd etiş hujjat hisoblanadi.
Himoya orderi içki işlar organlarining tayanç punkti profilaktika (katta) inspektori tomonidan beriladi.
Profilaktika inspektori jabrlangan xotin-qizlarga va zöravon şaxslarga quyidagilarga asosan himoya orderini beradi:
tazyiq va (yoki) zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning murojaati;
jismoniy yoki yuridik şaxslarning tazyiq va (yoki) zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar töğrisidagi xabarlari.
Fuqarolar yiğinlari raislari va faollari, xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassislar hamda vakolatli organlar va taşkilotlar xodimlari yoki boşqa yuridik şaxslar jabrlangan xotin-qizlar böyiça ma'lumotga ega bölgan vaqtda uni 24 soat içida muvofiq şakldagi xabarnomani içki işlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga taqdim etadi.
Jismoniy şaxslar tomonidan oğzaki yoki aloqa vositalari orqali berilgan xabarlar, içki işlar organlari navbatçilik qismidagi xabarlarni qayd etiş kitobiga yoki tayanç punktida yuritiladigan fuqarolarni qabul qiliş kitobga qayd etiladi yoki ularning xohişiga köra sir saqlanişini ta'minlagan holda qonun hujjatlariga muvofiq qayd etiladi.








