Kun.uz’ga Surxondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Erkin Gapparov tomonidan murojaat yöllandi. Arizada u muqaddam «Oxunboboyev» mahalla fuqarolar yiğinining mas'ul kotibi lavozimida işlagani, nohaq işdan böşatilib, sudga murojaat qilişga majbur bölgani, Angor tumani hokimligi sudlarda yutqazgani, ammo qaror ijrosi bajarilmayotganini bildirgan.
Gapparov noqonuniy işdan böşatilganini vaj qilib fuqarolik işlari böyiça Şerobod tumanlararo sudiga murojaat qilgan. Sud 2019 yilning 20 avgust kunidagi hal qiluv qarori bilan uning da'vosini qanoatlantirgan. Tuman hokimi farmoyişining unga tegişli qismi bekor qilingan. Qarorda işga tiklaş darhol ijroga qaratilişi, hokimlik hisobidan Gapparov foydasiga majburiy bekor yurgan 3 oy vaqti uçun iş haqi va mas'ul kotibning oylik iş haqidan kam bölmagan miqdorda ma'naviy zarar undirilişi körsatib ötilgan.
Hokimlik norozi bölgan va qaror ustidan Surxondaryo viloyat sudiga apellyatsiya şikoyati kiritgan. Asos sifatida «Aholi muammolari bilan işlaşda mahalla institutining mavqeyini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga asosan barça xodimlar egallab turgan vazifalaridan ozod qilingani, «Oxunboboyev» MFY yiğini Gapparov bilan mehnat şartnomasi tuzmagani, unga mayda bezorilik qilgani sabab 15 sutka qamoq jazosi berilgani, moddiy huquq normalarini buzgani körsatib ötilgan.
«Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida»gi qonunning 11-moddasiga köra, fuqarolar yiğinining mas'ul kotibi fuqarolar yiğini raisining (oqsoqolining) taqdimiga köra fuqarolar yiğini tomonidan tasdiqlanadi. Mas'ul kotib bilan fuqarolar yiğini nomidan mehnat şartnomasi tuziş va bekor qiliş vakolati fuqarolar yiğini raisiga berilgan.
Sudga taqdim qilingan hujjatlarga köra, mahalla fuqarolar yiğini raisi Gapparovni işdan böşatiş haqidagi arizasi olmagan va uni işdan böşatiş haqida buyruq çiqarmagan.
Tuman hokimi U.Turapov nomiga yozilgan arizada esa Gapparov vakolati bölmagan hokimdan 1 iyun sanasidan boşlab işdan böşatilişini söragan. Tuman hokimi esa 30 may kunidan (1 kun avval) işdan böşatiş haqida farmoyiş çiqargan. 28 mayda Gapparovga mayda bezoriligi sabab 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan bölgan.
«Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida»gi qonun, mehnat kodeksi va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni asos qilib birinçi instansiya sudi asosli xulosaga kelgan.
Surxondaryo viloyat sudi ham işni körib çiqib, birinçi instansiya sudining hal qiluv qarorini töldiriş yöli bilan özgarişsiz qoldiradi. Ajrimda hokimlikdan Gapparovga majburiy bekor yurgan vaqti uçun (soliq va boşqa çegirmalarni uşlab qolgan holda hisoblab) 4 705 540 söm iş haqi va 1 102 861 söm ma'naviy zarar undirilişi belgilandi.








