AQŞda Twitter kompaniyasining ikki sobiq xodimi Saudiya Arabistoniga ayğoqçilik qilişda ayblanmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Sud xulosasiga köra, ularga “xorijiy hukumat agenti bölib işlaş” moddasi böyiça ayblov qöyilgan.
AQŞ federal prokurori Devid Andersonning ta'kidlaşiça, ayblanuvçilar Twitter’ning içki ma'lumotlarida Saudiya Arabistonini tanqid qiluvçilar va boşqa minglab foydalanuvçilar haqida axborot izlaşgan.
Ayblanuvçilardan biri, AQŞ fuqarosi Ahmad Abuammo qaraşlari Saudiya Arabistonining rasmiy qaraşlaridan farqlangan uç foydalanuvçi ortidan kuzatuv olib borişda hamda FQB tergoviga qarşilik körsatiş maqsadida hujjatlarni qalbakilaştirişda ayblanmoqda. Ikkinçi ayblanuvçi Saudiya Arabistoni fuqarosi Ali Alzabara bölib, u Saudiya Arabistoni iltimosi bilan Twitter’ning 6 mingdan köproq akkauntiga kirgan.
Saudiya Arabistonining yana bir fuqarosi podşohlik va Twitter xodimlari örtasida vositaçilik qilişda ayblanmoqda.
Washington Post naşrining manbalarga tayanib yozişiça, ayblanuvçilar topşiriqlarni Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonga tegişli xayriya jamğarmasi rahbaridan olişgan.








