Özbekistonda qöşfuqarolikni qonuniylaştiriş masalasi kötarilayotgani yöq. Bu haqda Içki işlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Şohrux Ğiyosov 7 noyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Tadbirda Özbekistonda nega qöşfuqarolikka ruxsat berilmasligi böyiça savol berildi.

«Menimça, bu masala kötarilayotgani yöq. Qöşfuqarolik Özbekistonda qonun bilan taqiqlangan. Bu xalqaro tajriba, juda köplab davlatlarda ikki fuqarolik qonunan taqiqlangan. Özbekistonda qöşfuqarolikka ruxsat berilmasligining köplab sabablari bor. Asosiy sababi qaysidir davlat özining manfaatlarini boşqa bir mamlakatda lobbilaştirişiga yöl qöyilmasligidir», deya Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq «Buyuk Kelajak» eksperti Özbekistonda ikki fuqarolik joriy etişni taklif qilgan, «Yuksaliş» umummiliy harakati bunga munosabat bildirib, Özbekistonning bugungi taraqqiyot bosqiçida qöşfuqarolik dolzarb masala emas degan edi.