Özbekistonda nizolarni sudgaça hal etişning samarali mexanizmlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boşlab eksperiment tartibida Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi hamda Andijon, Buxoro va Toşkent viloyat hokimliklarida nizolarni sudgaça hal qiliş apellyatsiya kengaşlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar Apellyatsiya kengaşining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
qonun hujjatlarini qöllaşda nizoli masalalar yuzasidan xulosalar çiqariş;
qonun hujjatlari buzilişini aniqlaşda jismoniy va yuridik şaxslar hamda davlat organi örtasida yuzaga keladigan nizolarni körib çiqiş va hal etiş çoralarini köriş;
nizolarni körib çiqiş jarayonida aniqlangan qonun hujjatlaridagi kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça takliflar kiritiş.








