Adliya vazirligi rasmiylari prezidentning «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oşiriş va advokatlarning mustaqilligini kengaytiriş çora-tabdirlari töğrisida»gi farmoni ijrosi yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarişdi.

«Suriştiruv va tergov organlari tomonidan advokatlarning faoliyatlariga tösqinliklar bor edi. Bu böyiça işçi guruh tuzildi va har bir viloyatda suriştiruv-tergov xodimlari bilan seminarlar ötkazdik. Eskiça qaraş, har qanday şaklda tösqinlik qiliş holatlari böyiça tuşuntirişlar ötkazdik.

Tergov hibsxonalarda mijozlar bilan uçraşişlar böyiça şaroitlar qayta özgartirildi. Alohida xonalar ajratildi. Bu xonalarda audioyozuv moslamalarisiz vizual uçraşuvlar ötkaziladi.

Şuningdek, advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning manfaatlarini himoya qilib advokat sörovi masalasida muammolar bor edi. Aniq mexanizmlar yöq edi. Bu böyiça qonunçilikka tegişli özgartirişlar kiritildi. Endi mexanizm bor. Yetarli vaqtda javob berilmadimi, bu böyiça sudlar tomonidan javobgarlik masalasi körib çiqilişi belgilandi.

Lisenziya berişda ham muammolar bor edi. Bunda davlat organlari tomonidan aralaşiş hollari mavjud edi. Bunda ham köplab özgartirişlar kiritdik. Lisenziyani tugatiş protsedurasi ham qiyinlaştirildi», deya Adliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Eldor Mahkamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Advokatlar davlat hisobidan berilişida ayrim advokatlar guruhlari sohani öziniki qilib olgani muammosi ham mavjudligi, yangi qabul qilinayotgan hujjat orqali tizim özgarişiga umid qilinayotgani bildirildi.

«Yangi soliq qonunçiligiga nisbatan özimizning etirozimizni bildirdik, qat'iy pozitsiyamizni körsatdik. Asoslantirilgan holda, moliya vazirligiga, soliq qömitasiga, adliya vazirligiga, deputatlarimizga ham murojaat qildik.

Çunki notijorat taşkilot sifatida xizmat körsatmaydi, yordam körsatadi, notijorat taşkilot bölib, uning içida notijorat, tijorat deb ikki xil soliqqa tortiş taşkilotni içidan buzadi.

Umuman olganda, advokaturaning faoliyatini rivojlantiriş dolzarb bölib turganda, yoş kadrlarni sohaga tortiş kerak bölganda bu «orqamizdan piçoq uriş» böladi», deydi Advokatlar palatasi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Sodiqov.