Özbekistonda jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlarini körib çiqişning yangiça tartibi örnatiladi. Prezidentning tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Hujjatga köra, jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari yoki mansabdor şaxslarning ğayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida öz huquqlari yoki erkinliklari buzilganligi haqidagi murojaatlari vertikal böylab davlat organining barça böğinlarida körib çiqilgandan söng, 2020 yil 1 yanvardan boşlab taşkil etiladigan Nizolarni sudgaça hal qiliş apellyatsiya kengaşlari tomonidan körib çiqilişi tartibi örnatiladi.

Qaror loyihasida aytilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, joylarda esa Xalq qabulxonalari taşkil etildi, hududlarni sektorlarga bölib işni taşkil etiş tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yölga qöyilişiga imkon yaratdi.

Şu bilan birga, uşbu sohada islohotlarning hozirgi bosqiçi, davlat organlarida nizolarni sudgaça körib çiqişning yagona tizimi mavjud emasligini, hakamlik sudlari hamda mediatsiya hanuzgaça fuqarolar hamda tadbirkorlarning işonçiga sazovor bölgan nizolarni hal etuvçi muqobil institutlarga aylana olmayotganligini körsatmoqda.

Jumladan:

birinçidan, davlat organlari faoliyatida murojaatlar bilan boğliq işni taşkil etişda rasmiyatçilik, byurokratizm va sansalorlik holatlari saqlanib qolayotganligi sudlarda iş hajmining sun'iy ravişda ortib ketişiga sabab bölmoqda;

ikkinçidan, davlat organlari tizimida nizolarni sudgaça hal qiliş böyiça murojaatlarni körib çiqadigan, sohaga oid qonunlar qöllaşning nizoli masalalari böyiça xulosalar beradigan hamda qonunlarda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş çoralarini köradigan kollegial organ mavjud emas;

uçinçidan, mediatsiya mexanizmlarini qöllaş, nizolarni mediatorlar va hakamlik sudlari orqali hal etiş afzalliklari haqida jamoatçilikning xabardorlik darajasi pastligiça qolmoqda;

törtinçidan, hakamlik sudyasi lavozimiga nomzodlar tayyorlaş va ularning malakasini oşirişning samarasiz tizimi, oliy ta'lim muassasalarida mediatsiya böyiça öquv kurslarining mavjud emasligi ularda zarur amaliy könikmalar şakllanişiga yöl qöymayapti;