Özbekistonda davlat mulki obektlarini sotiş tartibini soddalaştiriş böyiça eksperiment ötkaziladi. Bu haqda prezidentning muhokama uçun e'lon qilingan tegişli qarori loyihasida aytilgan.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining tuman (şahar) hokimlariga özlarining böysunuvidagi hududda joylaşgan umumiy egallagan maydoni 1000 kvadrat metrgaça bölgan böş turgan davlat mulki obektlarni (Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi PF-5552-sonli Farmonining 4-bandida körsatilgan obektlar bundan mustasno) ularni baholamasdan, 1 sömga teng qiymatdagi boşlanğiç narxda «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonçasida auksionga çiqariş orqali investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda örnatilgan tartibda sotiş töğrisida qaror qabul qiliş huquqini beriş orqali davlat mulki obektlarini sotiş tartibini soddalaştiriş böyiça eksperiment ötkaziş haqidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.
Belgilanişiça:
davlat mulki obektlarini sotiş böyiça tuşgan takliflar va buyurtmanomalar tegişli ravişda tuman (şahar) hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va kiçik sanoat zonalari, turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari boşqaradigan hamda tarkibiga tuman (şahar) moliya, iqtisodiyot, quriliş, savdo-sanoat palatasi bölimlari, yer tuziş köçmas mulk kadastri korxonalari va tuman (şahar) Davlat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi rahbarlari kiradigan tanlov komissiyalari (tuman tanlov komissiyasi) tomonidan körib çiqiladi;
tuman tanlov komissiyalari öz faoliyatini Hududiy tanlov komissiyalari tomonidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan kelişgan holda tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oşiradi;
tuman (şahar) hokimlarining böş turgan davlat mulki obektlarni sotiş töğrisidagi qarorlari hamda uşbu qarorlarga asosan sotilişi belgilangan obektlar töğrisidagi ma'lumotlar obektlarni belgilangan tartibda elektron auksion savdolariga çiqariş uçun bir kunlik muddatda Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududiy boşqarmalariga taqdim etiladi;
eksperiment 2020 yilning 1 iyuliga qadar ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Davlat mulki obektlarini sotiş tartib-taomillarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” PQ-3067-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2020 yilning 1 iyuliga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga eksperiment ötkaziş natijalari böyiça umumlaştirilgan ma'lumotlarni qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi takliflar bilan birgalikda kiritadi.








