Tong otganini köriş, yaqin insoningizning yuzidagi tabassumni ilğaş, farzandingizning ilk qadamlarini kuzatiş, yölda ketayotib oldingizdagi tösiqni payqaş, kitob öqiş, telefon ekraniga qaraş, oddiygina bir piyola çoyni dasturxonga tökmasdan quyiş - bularning aksariyati biz uçun şu qadar odatiyki, ularning qadriga köpinça yetmaymiz.

Biz körişni neʼmat sifatida emas, hayotimizning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz. Şuning uçun ham u borligida sezilmaydi. Ammo bir zumga tasavvur qiling: ertalab uyğondingiz. Odatdagidek qölingizni telefoningizga uzatdingiz. Vaqtni bilmoqçisiz. Ekranga qaradingiz. Lekin raqamlar yöq. Közlaringizni işqalaysiz. Yana qaraysiz. Ammo atrof yorişmaydi. Derazadan tong nuri tuşmoqda, odamlar öz kundalik hayotini boşlagan, hamma işga öqişga otlanişdi, ammo siz bularni köra olmaysiz, siz uçun bu tong zulmat bilan boşlandi.

Bunday holatda özingizni qanday his qilardingiz?

Dunyoda 43 million inson hayotini aynan şunday şaroitda davom ettirmoqda. Ular uçun telefon ekranidagi yozuvlar, köçadagi belgilar, avtobus raqamlari yoki yaqin insonining yuzidagi ifoda bizdagidek körinmaydi. Ammo bu ularning hayoti töxtaganini anglatmaydi.

Ular özlariga xos yöllar bilan örganadi, moslaşadi, işlaydi, oila quradi, farzand tarbiyalaydi, kasb egallaydi va jamiyatda öz örnini topadi.

Kun.uz muxbiri esa ana şu hayotga heç bölmaganda bir qadam yaqinlaşiş uçun öziga noodatiy tajriba ötkazişga qaror qildi - bir kun davomida közlarini boğlab, közi ojiz inson bilan birga yaşab kördi.

Bu tajriba közi ojiz insonning butun hayotini bir kunda tuşunib oliş uçun emas, balki ularning hayotini his qilib köriş, ularning kundalik hayoti, duç keladigan qiyinçiliklari, kuçli tomonlari va biz köp hollarda sezmaydigan neʼmat - köriş qobiliyatiga şukur qiliş hissini tomoşabinlarga yetkaziş.

Bugungi eksperimentimizda Islombek Ismoilov bizga yordam berdilar.

Qahramonimiz - Islom aka Ismoilov. 1983-yilda Toşkent viloyati Toşkent tumani Keles hududidagi Ğiyos Umarov jamoa xöjaligida tuğilgan. Islombek aka 6 yoşigaça atrofni oz bölsa-da köra olgan. Ammo keyinçalik u köriş qobiliyatini butunlay yöqotadi.

Bu holat har qanday inson uçun oğir sinov bölişi tabiiy. Lekin Islombek aka bu sinov oldida taslim bölmadi. Özini yöqotib qöymadi. Aksinça, öqişni, izlanişni va hayotda öz yölini topişni davom ettirdi. U 6 yoşidan boşlab közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatda, 77-sonli “Nurli maskan” maktabida 10 yil taʼlim oldi.