Boeing 737 samolyoti dunyodagi eng köp sotiluvçi samolyot nomini raqobatçi kompaniya Airbus’ning A320 samolyotiga boy berdi. Bu haqda AQŞ kompaniyasi hisobotiga asoslanib Business Insider naşri xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, oktabr oxiriga kelib turli modifikatsiyadagi Boeing 737’ga 15 ming 136 ta buyurtma, Airbus A320 qatoridagi modellarga 15 ming 193 ta buyurtma olingan. Airbus oxirgi yillar davomida raqobatçisiga yetib olişga uringan va tavofut A320 neo modeli taqdimotidan keyin ayniqsa qisqargan. Şunga qaramay, 2018 yil oxirida A320 samolyotlari Boeing 737’dan 400 ta buyurtma ortda qolgan.

Ma'lum qilinişiça, Boeing uçun bunday salbiy vaziyat Boeing 737 MAX 8 samolyotlari uçragan ikki halokat bilan boğlangan. 2019 yil 10 mart kuni Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining va 2018 yil 29 oktyabrda Indoneziyada Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8  samolyotlari qulagandi. Ikkala aviahalokatda umumiy hisobda 346 kişi halok bölgan. Şunday keyin köplab davlatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan uşbu seriyadagi samolyotlardan foydalanişni töxtatgan. 

Şu bilan birga, Business Insider’ning ta'kidlaşiça, Boeing 737 modellariga buyurtmalar soni yangi yildan oşişi kutilmoqda, çunki yanvargaça uşbu samolyotlar parvoziga ruxsat beradigan sertifikat olinişi mumkin.